Rossiya va Xitoy birinchi marta raketaga qarshi kompyuter mashg‘ulotlari o‘tkazadi

  • 06 may 2016, 06:56
  • 6 320
  • Dunyo
  • Rossiya va Xitoy birinchi marta raketaga qarshi kompyuter mashg‘ulotlari o‘tkazadi

    Rossiya va Xitoy yaqin haftalarda birinchi marotaba kompyuter modellashtirishi yordamida raketaga qarshi qo‘shma mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.

    Gonkongning South China Morning Post nashrining Xitoy mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlar Rossiyaning harbiy-tadqiqot markazlaridan birida o‘tadi.

    Ikki davlat mudofaa vazirliklari birgalikdagi mashg‘ulotlar uchinchi davlatlarga qaratilmaganini ta’kidlab o‘tdi va gazetaning yozishicha, ulardan maqsad "ballistik yoki qanotli raketalarni qo‘llash yordamida ig‘vogar raketa hujumlaridan himoyalanishni ta’minlashdan" iborat.

    Biroq xitoylik ekspertlarning ta’kidlashicha, tomonlar mashg‘ulotlarning o‘tkazilishini AQSh Janubiy Koreyada o‘zining raqetalarga qarshi tizimi THAAD’ni (harbiy harakatlar sahnasida yuqori zonal mudofaa) joylashtirmoqchi ekanligini tasdiqlagandan keyin e’lon qildilar.

    Xitoy gazetasi tomonidan so‘ralgan ekspertlar THAAD "ham Xitoy, ham Rossiyaga xavf solishiga" shubhalanmasliklarini aytishgan. Iste’fodagi polkovnik Yue Ganning aytishicha, "bu qo‘shma mashg‘ulotlar AQShga ogohlantirish bo‘ladi hamda Rossiya va Xitoyning raketa tizimlari masalasi bo‘yicha kelishuvga erishilganidan keyingi harbiy hamkorligining boshlanishini bildiradi".

    O‘tgan haftada Xitoy va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Van I va Sergey Lavrov Vashington va Seulni Shimoliy Koreyaning yadroviy va ballistik raketalar sinovlariga javoban THAAD tizimini o‘rnatishdan voz kechishga chaqirgandi.

    Manba:Kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rossiya va Xitoy birinchi marta raketaga qarshi kompyuter mashg‘ulotlari o‘tkazadi