Xitoylik yigit sevgi izhor qilayotgan paytda daraxtga osilib qoldi

  • 24 may 2016, 11:39
  • 5 382
  • Dunyo
  • Xitoylik yigit sevgi izhor qilayotgan paytda daraxtga osilib qoldi

    Xitoyning Ichan shahrida yashovchi fuqaro sevgan qiziga dil izhorini yo‘llayotgan paytda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, deb yozadi “Darakchi” nashri.

    Yigitning rejasiga ko‘ra, u “Gou Xunyun, menga turmushga chiq!” degan so‘zlar yozilgan parashyutdan sakrashi va qo‘lidagi guldastani qizga uzatishi kerak edi. Biroq kuchli shamol yigitning rejasini chippakka chiqardi va u parashyut bilan daraxt shoxiga osilib qoldi.

    Yigitning o‘zi mustaqil ravishda daraxtdan tusha olmadi. O‘t o‘chiruvchilar kelishini esa u bir soatlar kutdi. Yigitni kran yordamida pastga tushirishganlaridan so‘ng u o‘z rejasini amalga oshirdi va sevgan qiziga qo‘lidagi guldastani tutqazdi. Biroq qiz uning taklifiga rozilik berish o‘rniga o‘girilib, ketib qoldi.

    Mazkur hodisa internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Aksariyat internet foydalanuvchilarining fikricha, yigit o‘ta oshirib yuborgan. Qizning qo‘lini so‘rash samimiy va tabiiy tarzda o‘tkazilishi kerak edi. U esa buni hammaning oldida qildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xitoylik yigit sevgi izhor qilayotgan paytda daraxtga osilib qoldi