Indoneziyada suv toshqini oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

  • 19 iyun 2016, 17:40
  • 5 453
  • Dunyo
  • Indoneziyada suv toshqini oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

    Indoneziyaning markazidagi Yava orolida yuz berayotgan suv toshqinlari tufayli halok bo‘lganlar soni 31 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 19 kishini qidirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Frans Press asosida “Kun” xabar beradi.

    Bundan oldin qurbonlar soni 24 kishi, bedarak ketganlar soni 26 nafarligi aytilgandi.

    "Ayni vaqtda biz 31 kishining jasadini topdik. Yana 19 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda", deya ma’lumot bergan mamlakat favqulodda vaziyatlar bo‘yicha agentlik vakili Sutoto Purvo Nugxroxo.

    Hukumat ko‘chirilganlarni joylashtirish uchun maxsus markazlar tashkil qilgan. Maxsus xizmatlar vakillari yo‘llarni qulagan daratxtlarda va suv toshqinlaridan keyin paydo bo‘lgan toshlardan tozalash ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Indoneziyada suv toshqini oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi