Xitoy sharqidagi kuchli shamol 78 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

  • 24 iyun 2016, 10:30
  • 4 471
  • Dunyo
  • Xitoy sharqidagi kuchli shamol 78 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
    So‘nggi 50 yil ichida bu yilgi Yanchen shahriga va boshqa sharqiy xitoy qishloqlariga yopirilgan bo‘ron qurbonlari eng ko‘p, ya’ni 78 nafarga etdi. Sinxua agentligidan olingan xabarlarga ko‘ra, yaralanganlar soni deyarli 500 ga yaqin.

    Rahbariyat ma’lumotlariga qaraganda 200 nafar inson qattiq jarohat olgan va hozirda juda og‘ir ahvolda. Qidiruv-qutqaruv ishlari xali tugagani yo‘q, shu tufayli rahbariyat qurbonlar soni ortishidan havotirda. Aholi yashash joylarida elektr uzatish tizimi butunlay ishdan chiqqan.

    Bo‘ron Szyansu provinsiyasiga bugun kunning ikkinchi yarmida kuchli jala bilan birga yopirilgan. Guvohlarning aytishicha kuchli shamol avtomobillarn ag‘darib tashlagan, daraxt va uy tomlarini qo‘porib yuborgan. Rahbariyat tomonidan zarar ko‘rgan hududlarga insonparvarlik yordami jo‘natgan. Jo‘natilgan narsalar ichida 1000 ta yig‘ma chodir va 2000 ta krovat bor.

    China Daily gazetasining elektron nusxasida chop etilgan xabarda bo‘ron ikkita zavodni vayron qilgani aytiladi. Nashriyot zavodlarda "havfli kimyoviy moddalar" saqlanishi va bo‘ron tufayli bu moddalar sizib chiqishi mumkinligini ta’kidlagan.
    Kak soobщila elektronnaya versiya gazetы China Daily, uragan takje razrushil dva zavoda.

    Meteorologiya ma’lumotlariga asosan shamol tezligi ayrim hududlarda sekundiga 35 metrgacha etadi. 1966 yilgi bo‘rondan Yanchendagi bu yilgi bo‘ron kuchliroq bo‘ldi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xitoy sharqidagi kuchli shamol 78 kishining hayotiga zomin bo‘ldi