Coca-Cola va PepsiCo Rossiyada bittadan zavodini yopadi

  • 03 mart 2015, 22:52
  • 5 873
  • Dunyo
  • Coca-Cola va PepsiCo Rossiyada bittadan zavodini yopadi

    Coca-Cola Hellenic kompaniyasi mart oyida o‘zining 1996 yildan buyon ishlab kelayotgan Nijniy Novgorod shahridagi zavodini yopadi, deb xabar bermoqda Meduza. Ishlab chiqarish quvvatlari boshqa mintaqalarga ko‘chiriladi, Nijniy Novgoroddan esa logistika markazi sifatida foydalanish davom ettiriladi.

    Shuningdek, 2 mart kuni PepsiCo kompaniyasi ham 2015 yil iyun oyida Moskva yaqinidagi Ramensk shahrida joylashgan sharbat ishlab chiqaruvchi zavodini yopishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Ishlab chiqarish quvvatlari Lipeskdagi zavodga ko‘chirilishi kutilmoqda.

    Qayd etilishicha, Coca-Cola Hellenic kompaniyasining Rossiyada 12 ta zavodi faoliyat yuritmoqda. PepsiCo esa Rossiyada 30 ga yaqin zavodga ega.

    Manba: www.daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Coca-Cola va PepsiCo Rossiyada bittadan zavodini yopadi