Meksikada "Erl" dovuli tufayli kamida 18 kishi halok bo‘ldi

  • 08 avgust 2016, 16:12
  • 4 739
  • Dunyo
  • Meksikada "Erl" dovuli tufayli kamida 18 kishi halok bo‘ldi

    Kamida 18 kishi Meksika sharqiga kirib kelgan "Erl" dovuli tufayli yuz bergan ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lgan, deb Reyter agentligi asosida “Kun” xabar beradi.

    Puebla shtatida yakshanba kuni bu tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 nafar. Qo‘shni shtat Verakrusda esa kamida 10 kishi qurbon bo‘lgan.
    Meksikaning Kintana-Roo, Kampeche, Tabasko va Chyapas shtatlarida 45 ming nafarga yaqin kishi elektr ta’minotisiz qolgan.

    Meksika Milliy meteorologik xizmatining ma’lum qilishicha, "Erl" dovuli g‘arbga qarab harakatlanmoqda. Shamolning tezligi sekundiga 33,3 metr, kuchayganda esa 41,6 metrgacha etadi.

    Belizning ko‘p hududlari elektr ta’minotidan uzilib qolgan. Mamlakat poytaxti Belmopanda uylarning tomi ko‘chib tushmoqda, daraxtlar yiqilmoqda, Gvatemala qirg‘oqlarida 200 oila xavfsiz hududga ko‘chirilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Meksikada "Erl" dovuli tufayli kamida 18 kishi halok bo‘ldi