12:19 / 04.03.2015
9 890

Kanadadagi sirli tunnelni kim qazigani fosh etildi

Kanadadagi sirli tunnelni kim qazigani fosh etildi

Kanadaning Toronto shahrida topilgan tunnelning siri ochildi, deya xabar bermoqda Meduza. Polisiyaning jamoatchilikka yordam so‘rab murojaat qilgani foyda berib, ushbu er osti inshootini qurgan 20—30 yoshlardagi ikki kishi topildi.

Ular buni shaxsiy sabablarga ko‘ra — shunchaki «tunnel qazimoqchi bo‘lib» amalga oshirgan.

Polisiya ushbu erkaklarning jamoatchilik xavfsizligiga ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan rejalari bo‘lmaganini xulosa qildi. Tergov doirasida jinoiy ish ochilmaganligi uchun polisiya tunnelni qaziganlar haqida hech qanday axborotni oshkor qilmadi.

Eslatib o‘tamiz, sirli tunnel 2015 yil yozida Panamerika o‘yinlari doirasida tennis bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadigan kortlar yaqinida topilgan edi.

Er osti yo‘lagining uzunligi taxminan 10 metr, kengligi va balandligi 2 metrni tashkil etadi. Shift professional ravishda qoziqoyoqlar bilan mahkamlangan.

Patrul polisiyachisi uni 14 yanvarda topib olgan, bu haqda rasman 24 fevral kuni ma’lum qilingan.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanadadagi sirli tunnelni kim qazigani fosh etildi