Tailanddagi portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 nafarni tashkil qilmoqda

  • 12 avgust 2016, 15:47
  • 4 627
  • Dunyo
  • Tailanddagi portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 nafarni tashkil qilmoqda

    Tailandda 11 avgust oqshomida hamda 12 avgust kuni ertalab ro‘y berga portlashlar tufayli jami 4 kishi halok bo‘lgan, deb “Kun” xabar beradi.

    7News xabarida aytilishicha, portlashlar vaqtida kamida 20 kishi jarohatlangan.

    Bundan oldingi xabarlarda hukumat portlashlarga aloqador bir necha kishini qo‘lga olgani aytilgandi. Polisiya bu portlashlar IShIDga aloqador emasligini, bu harakatlar mamlakatdagi ayirmachi guruhlar ishi ekanini bildirgan.

    Portlashlar Xuaxin, Suratxani provinsiyalarida va Pxuket kurortida yuz berdi. Suratxanidagi portlash bir ayolning o‘limiga olib keldi, yana bir kishi yaralandi. Xuaxinda to‘rt kishi, Pxuketda bir kishi jarohat oldi.

    12 avgust kuni Tailandda qirolicha Sirikitning tug‘ilgan kuni bayram qilinadi. Shuningdek, bu kun Onalar bayrami sifatida nishonlanadi va dam olish kuni hisoblanadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tailanddagi portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 nafarni tashkil qilmoqda