Meksikada 16 kishi restorandan o‘g‘rilab ketildi

  • 16 avgust 2016, 11:16
  • 4 352
  • Dunyo
  • Meksikada 16 kishi restorandan o‘g‘rilab ketildi

    Meksikaning Puerto-Valyarta kurort shahrida qurollangan jinoyatchilar La Leche restoraniga kirib, 16 kishini o‘g‘rilab ketdi, deb xabar bermoqda Jornada nashri asosida “Kun” xabar beradi.

    Ta’kidlanishicha, jinoyatchilar qurol bilan tahdid qilib, 16 kishini ko‘chaga olib chiqib, so‘ngra ularni Chevrolet Suburban va Toyota Tacoma jiplarida noma’lum tomonga olib ketishgan.

    Jinoyatchilar restorandagi ayollarga tegmaganlar, ular faqatgina erkaklarni o‘g‘rilashgan.

    Ayni vaqtda hukumat o‘g‘rilab ketilganlar kim ekanligini aniq ayta olmayaptilar. Ta’kidlanishicha, bunday odam o‘g‘rilashlarni giyohvand modda sotish bilan bog‘langan jinoiy guruhlar amalga oshiradi.

    Avvalroq Meksikaning Syudad-Viktoriya shahrida qurollangan jangarilar 14 kishini otib tashlagani ma’lum qilingandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Meksikada 16 kishi restorandan o‘g‘rilab ketildi