12:55 / 05.03.2015
10 460

Ramzon Qodirov va Timati iPhone ishlatishdan voz kechishdi

Ramzon Qodirov va Timati iPhone ishlatishdan voz kechishdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov va qo‘shiqchi Timati Rossiya mahsuloti bo‘lgan YotaPhone foydasiga iPhone ishlatishdan voz kechishdi. Bu haqda Qodirov o‘z Instagramida ma’lum qilgan.

“Qadrli do‘stlar! Men avval ham iPhone ishlatishdan voz kechmoqchi ekanimni ma’lum qilgan edim. Bu vaqt oralig‘ida YotaPhone’ni ishlatishni o‘rganib chiqdim. Bugun yonimga do‘stim Timati – Timur Yunusov keldi. Men unga ham YotaPhone sovg‘a qildim. Bundan boshlab ikkimiz ham YotaPhone ishlatamiz. U foydalanish uchun qulay, ko‘rinishi ham chiroyli, bundan tashqari u Rossiya mahsuloti”, deb yozdi Qodirov.

Avvalroq, teleboshlovchi Tina Kandelaki Qodirovga Rossiya mahsuloti bo‘lgan YotaPhone 2 smartfonini taqdim etgan edi. O‘shanda Qodirov rossiyaliklarni Amerika ijtimoiy tarmoqlari va smartfonlaridan voz kechishga chaqirgan edi.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzon Qodirov va Timati iPhone ishlatishdan voz kechishdi