Xitoyda general o‘z joniga qasd qildi

  • 20 avgust 2016, 13:46
  • 5 785
  • Dunyo
  • Xitoyda general o‘z joniga qasd qildi

    Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi general-mayori, 54 yoshli Chen Sze Xitoyning Shenchjen shahrida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar berdi, deyiladi "Kun" nashrida.

    Siyosiy komissar lavozimini egallagan Chen Sze armiyada jadal karera qilgan. U mansab pillapoyasining keyingi bosqichiga ko‘tirilishidan bir kun avval hayotdan ko‘z yumdi. Ta’kidlanishicha, u 20 avgustda dafn qilinadi.

    Bu holat hafta ichida yuqori lavozimdagi xitoylik harbiy o‘z joniga qasd qilgan uchinchi holat bo‘ldi. Kuzatuvchilar bu voqealarni aksilkorrupsion tergovlar bilan bog‘lashmoqda.

    Chen Sze 1997 yilda Gonkongning Xitoy suvereniteti ostiga o‘tkazilishi bilan bog‘liq tadbirlarni tashkillashtirishda ishtirok etgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xitoyda general o‘z joniga qasd qildi