Turkiyaning Diyorbakir aeroporti raketalardan o‘qqa tutildi

  • 28 avgust 2016, 11:06
  • 4 716
  • Dunyo
  • Turkiyaning Diyorbakir aeroporti raketalardan o‘qqa tutildi

    Turkiyaning janubidagi eng yirik shahar – Diyorbakirning aeroporti 27 avgust kuni kechki payt raketalardan o‘qqa tutildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

    Aeroportdagi polisiya nazorat-o‘tkazish punktiga 4 ta raketa otilgan. Aeroportdagi yo‘lovchilar va xodimlar terminal binosiga yashirinib olishgan.

    Raketalar yaqin oradagi bo‘sh yotgan joyga tushgan. Jabrlanganlar va vayronalar bo‘lmagan, parvozlar jadvali buzilmagan. Aeroport asosan ichki reyslarga xizmat ko‘rsatadi.

    Hujum uchun javobgarlikni hozircha hech kim o‘z zimmasiga olmadi. Ma’lumki, bu hududda 30 yildan beri kurd isyonchilari va turk kuchlari kurashib keladi.

    Bundan 3 kun avval Turkiya Suriya shimolida terrorchilar va kurd ayirmachilariga qarshi harbiy operasiyani boshlagandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Turkiyaning Diyorbakir aeroporti raketalardan o‘qqa tutildi