Hindiston shimolidagi ommaviy to‘qnashuvlarda 250 ga yaqin odam jarohat oldi

  • 05 sentyabr 2016, 11:08
  • 4 566
  • Dunyo
  • Hindiston shimolidagi ommaviy to‘qnashuvlarda 250 ga yaqin odam jarohat oldi

    4 sentyabrda Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida namoyishchilarning polisiya bilan to‘qnashuvi oqibatida deyarli 250 kishi jarohat oldi. Bu erda 2 oydan beri ommaviy tartibsizliklar davom etmoqda. Bu haqda "Kun" nashrida ma’lum qilindi.

    Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, eng ashaddiy to‘qnashuvlar Anantnag va Shopian okruglarida yuz bergan, bu erda yoshlar polisiya bo‘limlari va mahalliy hukumat binolariga tosh uloqtira boshlaganlar. Polisiya bunga javoban metall sharchalar bilan otuvchi pnevmatik qurollardan o‘q uzgan. 100 dan ortiq odam og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga etkazilgan.

    Bundan avvalroq Anantnag okrugidagi tartibsizliklar oqibatida polisiya tomonidan otilgan sharcha bir o‘smir boshiga tegib, uning halok bo‘lishiga olib kelgan. Bu oxirgi 2 oy ichida tartibsizliklardan halok bo‘lgan 74-qurbon bo‘ldi. Yakshanbadagi tartibsizliklar o‘smirning o‘limiga javoban sodir bo‘lgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Hindiston shimolidagi ommaviy to‘qnashuvlarda 250 ga yaqin odam jarohat oldi