10:59 / 08.09.2016
6 917

AQShda prezidentlikka nomzodni hibsga olishga order berildi

AQShda prezidentlikka nomzodni hibsga olishga order berildi

AQShning Shimoliy Dakota sudyasi AQSh prezidenti lavozimiga Yashillar partiyasidan nomzod Jill Staynning hibsga olinishiga order berdi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.

Stayn Dakota Access quvuri qurilishiga norozilik bildirish tadbirida qurilish texnikasiga purkagich bilan bo‘yoq sepganlikda ayblanmoqda.

Ish materiallariga ko‘ra, Stayn "bezorilik" va "birovning mulkiga ziyon etkazish" moddalari bo‘yicha ayblanmoqda. Xuddi shunday ayblovlar uning sherigi Ajam Barakka ham qo‘yilgan.

Ekolog faollar Staynni norozilik joyida yozuv qoldirish uchun chaqirtirishgandi. U bo‘yoq bilan buldozer cho‘michida "Men bu pozisiyaga roziman" degan yozuv qoldirgan.

Bu erda yashovchi siu qabilasi hindulari to‘rt shtat orqali o‘tuvchi quvurning qurilishini to‘xtatishga harakat qilmoqda. Qabila sardorlari quvur muqaddas joylarni tahqirlaydi va suvni ifloslantiradi, deb hisoblamoqdalar.

2012 yil 16 otyabrda Stayn Demokratik partiyadan ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ygan AQSh prezidenti Barak Obama va uning raqibi Mitt Romnining debatlariga kirishga urinishda hibsga olingandi.

AQShda navbatdagi prezidentlik saylovlari 8 noyabrda o‘tadi. AQSh prezidenti lavozimiga asosiy nomzodlar Donald Tramp va Xillari Klinton hisoblanmoqda. Ulardan tashqari, saylov kampaniyasida Stayn va Geri Jonson ham ishtirok etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda prezidentlikka nomzodni hibsga olishga order berildi