11:13 / 08.09.2016
7 238

Manba: Qozog‘iston bosh vaziri iste’foga chiqishi kutilmoqda

Manba: Qozog‘iston bosh vaziri iste’foga chiqishi kutilmoqda

ozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov 9 sentyabr kuni iste’foga chiqishi kutilmoqda. Bu haqda IA Novosti-Kazaxstan nashri vaziyat bilan tanish bo‘lgan manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi, deyiladi "Kun" nashrida.

"Hukumat iste’fo berishi kutilmoqda. Karim Masimov 9 sentyabr kungi yig‘ilishda iste’fosini ma’lum qilishi mumkin", degan manba.

Masimov birinchi marta 2007 yilda Vazirlar Mahkamasiga rahbar bo‘lgan va bu lavozimda 2012 yilgacha ishlagandi.

U 2012 yildan 2014 yilgacha Qozog‘iston prezidenti ma’muriyatini boshqargan, 2014 yilning aprelida ikkinchi marta mamlakat bosh vaziriga aylangandi.

9 sentyabr kuni Qozog‘istonda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirokida hukumatning kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Manba: Qozog‘iston bosh vaziri iste’foga chiqishi kutilmoqda