Amerika HHKning B-1 Lancer rusumli ikkita reaktiv strategik bombardimonchi samolyoti KXDR yadro sinovini o‘tkazgach, Janubiy Koreya hududi ustida parvoz qilgan, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
Samolyotlar ikki Koreya o‘rtasidagi demilitizasiya qilingan chegaradan 77 km va poytaxt Seuldan 40 km uzoqlikda joylashgan Osan shahridagi aviabazadan havoga ko‘tarilgan va qisqa balandlikda parvoz qilgan. Bombardimonchi samolyotlarni AQSh va Koreya qiruvchi samolyotlari kuzatib borgan.
Xabar qilinishicha, parvozlar KXDR yadro sinovidan so‘ng, mintaqadagi keskinlik kuchaygan bir vaqtda Qo‘shma Shtatlarning Janubiy Koreya bilan birdamligini namoyish etish maqsadida amalga oshirilgan.
Avvalroq, Janubiy Koreya o‘ziga nisbatan bevosita yadroviy tahdid bo‘lsa, «Pxenyanni er yuzidan supurib tashlash» bilan dag‘dag‘a qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi