Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Pentagon rahbari Eshton Karterning Rossiyaga nisbatan ilgari surgan ayblovlariga javob berdi. Karter jahon hamjamiyatida mavjud tartibni Rossiya buzayotganini aytgan edi. Shoyguga ko‘ra, aslida, AQSh g‘arbdagi hamkorlari bilan birga dunyo tartibini vayron qilish uchun asta-sekinlik bilan harakat olib borgan, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
«Aynan AQSh va uning g‘arbdagi ittifoqchilari Bosniya va Kosovodan boshlab, Iroq va Liviyagacha bosqichma-bosqich dunyoning mavjud tartibi asoslarini buzib keldi. Rossiya esa, Yugoslaviyani parchalashga qaratilgan Amerika-NATO amaliyotidan beri ularning bunday hatti-harakatlarining oqibati nimaga olib kelishidan har doim ogohlantirib kelgan», — deya Karterning so‘zlaridan taajjub bildirgan Sergey Shoygu.
Shoyguning qo‘shimcha qilishicha, «Iroq, Afg‘oniston, Liviya, boshqa mamlakatlarda boshi devorga urilganiga qaramay, amerikalik hamkasblar o‘zlariga etarli xulosa chiqarishmayapti».
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar «o‘zining xatolari uchun mas’uliyatni mustaqil dunyoqarashga ega Rossiya, Xitoy va boshqa ayrim davlatlarga yuklash o‘rniga» strategiyasini o‘zgartirishi lozim.
Bundan tashqari, Rossiya mudofaa vazirining ta’kidlashicha, «dunyo tartibini Amerika tartibi» bilan adashtirmaslik kerak, chunki «dunyo tinchligi va tartibini saqlash faqat Pentagonning emas, butun jahon hamjamiyatining vazifasidir». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?