Turkmaniston parlamenti (Majlis) bugun prezidentlikka nomzodlar uchun yosh cheklovini bekor qilingan yangi konstitusiyani bir ovozdan qabul qildi. Shuningdek, yangi konstitusiyaga binoan prezidentlik muddati 5 yildan 7 yilgacha uzaytirilgan.
Yangi konstitusiyani qabul qilish uchun ovoz berish Turkmaniston Oqsoqollar kengashi yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi. Unda hukumat vakillari ham ishtirok etdi.
«Respublika prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov yig‘ilishda ushbu qonunga imzo chekdi va shu paytdan boshlab hujjat qonuniy kuchga kirdi», deyilgan "Kun" nashri xabarida.
«Turkmanistonda yangi konstitusiya qabul qilinishi — mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tganidan dalolatdir. Turkmanistonning yangi konstitusiyasi xalqaro huquqning tan olingan normalari asosida xalqaro qonunchilik tajribasi inobatga olingan holda ishlab chiqilgan», — deya qayd etgan Gurbanguli Berdimuxammedov.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi konstitusiyaga ko‘ra, Turkmanistonda tug‘ilgan, 40 yoshdan kichik bo‘lmagan va 70 yoshdan oshmagan shaxs Turkmaniston prezidentligi uchun nomzod sifatida ko‘rsatilishi mumkin edi.
2016 yilning 29 iyunida Gurbanguli Berdimuhammedov 61 yoshga kirgandi. Uning konstitusiya bo‘yicha ikkinchi muddati 2017 yilda nihoyasiga etishi kerak edi.
Turkmanistonda oxirgi marta prezident saylovlari 2012 yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan. 2008 yilning sentyabr oyida konstitusiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, navbatdagi prezidentlik saylovi 2017 yilning fevralida o‘tkazilishi kerak hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!