Nursulton Nazarboyevning qizi — Dariga Nazarboyeva o‘zining «voris»lik salohiyatini yuqori baholamayapti. Darigaga ko‘ra bu — shunday gap-so‘zlardan manfaatdorlar tomonidan g‘araz maqsadlarda tarqatilayotgan quruq gap. xolos.
Qozog‘iston parlamenti senati (yuqori palatasi)ning deputati, Qozog‘iston prezidenti qizi Dariga Nazarboyeva o‘zining davlat rahbari vorisi ekanligi haqidagi gap-so‘zlarni «chayqovchilik», deb atadi.
Aytib o‘tish joizki, juma kuni deputatlar Nazarboyevaning senatning xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib tayinlanishi uchun ovoz berdilar.
«Men o‘zimni vataniga sadoqat va vafo ila xizmat qiladigan hamda prezidentimiz jamoasi a’zosi bo‘lgan inson deb bilaman. Bu kabi gap-so‘zlarning barchasi, agar bilsangiz — chayqovchilikdan boshqasimas», — dedi Nazarbaeva jurnalistlarning «o‘zingizni otangizning vorisi deb bilasizmi». degan savoliga javob qaytarar ekan. Nazarboyevaning so‘zlariga ko‘ra, bu masala atrofida o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish maqsadida quruq gap-so‘zlar tarqatuvchilar haddan ziyod.
Manba: Diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring