00:24 / 20.09.2016
6 573

Evroittifoq McDonald’s’ni soliq to‘lamaganlikda ayblamoqda

Evroittifoq McDonald’s’ni soliq to‘lamaganlikda ayblamoqda

McDonald’s tarmog‘ining Evropadagi bo‘limi 2009 yildan buyon Evroittifoq byujdetiga 1,8 milliard dollarlik daromadidan 1,49 foiz soliq to‘lab kelgan. “Financial times” nashri kompaniyaning shtab-kvartirasi joylashgan Lyuksemburgda to‘lanadigan soliq miqdori daromadning 29,2 foizini tashkil etishi lozimligi haqida eslatib o‘tmoqda, deyiladi "Qalampir.uz" nashrida.

Endilikda Evroittifoq McDonald’s’dan 500 million dollar miqdoridagi soliqni to‘lashni talab qilishi mumkin.

O‘z navbatida McDonald’s vakillari kompaniya barcha zarur soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotganligini, biroq hukumatdan hech qanday imtiyoz olmayotganini ta’kidlab kelmoqda. Kompaniya 2011-2015 yillar davomida soliqlarni o‘rtacha qiymati 27 foiz hisoblab, Evroittifoqqa 2,5 milliard dollar soliq to‘laganligini ma’lum qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Evroittifoq McDonald’s’ni soliq to‘lamaganlikda ayblamoqda