Nemis poygachisi, "Formula-1" tasnifining etti karra chempioni Mixael Shumaxer oyoqqa turmagan. Bu haqida VVS News'ga asoslanib "Kun" nashri xabar berdi.
Afsonaviy poygachining huquq himoyachisi 2015 yilning dekabrida 47 yoshli sportchining oyoqqa turgani haqidagi xabarni chop etgan Bunte nemis jurnaliga qarshi da’vo ishi bo‘yicha ana shunday bayonot berdi.
Ushbu vaziyatni Shumaxerning menejeri Sabina Kem ham izohladi. "Afsuski, Mixaelning qayta oyoqqa turgani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday ma’lumotlar asossiz. Boz ustiga bu mazmundagi xabarlar ko‘plab kishilarning qalbida yolg‘on umid uyg‘otadi", - dedi u.
Sobiq avtopoygachi hozirda o‘zining Shveysariyadagi villasida qayta tiklanish muolajalarini olmoqda. U 2014 yilning sentyabrida shifoxonadan o‘sha erga qaytgan. Eslatib o‘tamiz, Shumaxer 2013 yilning dekabrida tog‘ chang‘isida uchayotib, yiqilib tushgan va boshi bilan toshga urilgan. Ushbu baxtsiz hodisa natijasida sportchi yarim yildan ortiq koma holatida bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi