Britaniya baronining marhum qizi Filippinda olib borilayotgan giyohvandlikka qarshi shafqatsiz kurashning qurboniga aylandi, deyiladi "Kun" nashrida.
Mariya Avrora Moynixan 11 sentyabr kuni Maniladagi Keson-sitida otib ketildi. Bu haqida CNN Filippin polisiyasiga asoslanib, xabar berdi. Uning jonsiz tanasi yonida "Mashhurlarga giyohvand modda sotuvchi, sen keyingisisan!" yozuvi topilgan. Mahalliy polisiyaning ma’lum qilishicha, bu ish birinchi navbatda "qotillik" sifatida ko‘riladi. Hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ayolning jasadi yonidan metamfetamin paketlari topilgan.
45 yoshli ayol 2013 yilda aksilgiyohvandlik reydi davomida hibsga olinib, garov evaziga qo‘yib yuborilgandi.
Baron Entoni Moynixan Filippindagi giyohvand moddalar kontrabandachilari va tovlamachilar bilan aloqasi orqali tanilgan.
Moynixanning singlisi filippinlik aktrisa Maritoni Fernandes jamoatchilikni shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qilishga chaqirgan.
Mariya Moynixanning o‘limi Filippin prezidenti Rodrigo Duerte tomonidan yo‘lga qo‘yilgan giyohvandchilikka qarshi urushning bir ko‘rinishi xolos.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyidan boshlangan giyohvandlikka qarshi kurash doirasida o‘tkazilgan 18 800 operasiyada 1 100 nafardan ortiq kishi polisiya xodimlari tomonidan o‘ldirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!