Kongo demokratik respublikasi poytaxti Kinshasa shahrida muxolifat tarafdorlari uyushtirgan namoyish vaqtida polisiyachilar bilan to‘qnashuv yuzaga keldi va kamida 50 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Namoyishlar 19 sentyabr kuni mamlakatning amaldagi prezidenti Jozef Kabila siyosatiga qarshi o‘tkazila boshlandi. U noyabr oyida o‘tkazilishi belgilangan prezidentlik saylovlarini texnik sabablar bilan bekor qilishi haqida ma’lum qilingandi.
Polisiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan, bu chora orqali namoyishchilar tarqalmagach, ularga qarata o‘t ochilgandi.
Qurbonlar o‘rtasida 3 nafar polisiya zobiti bor, ulardan birini namoyishchilar tiriklay yoqib yuborishgan.
Jozef Kabila Kongoni 2011 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U boshqaruvni marhum otasi Loran-Dezire Kabiladan qabul qilib olgandi.
Human Rights Watch tashkiloti saylovlar arafasida muxolifat vakillari bosim ostida qolgani haqida ma’lum qilgandi. Sentyabr oyi boshida Kinshasada muxolifat etakchilarini hibsga olish ishlari sodir bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi