AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaga tashqi siyosatni yurgazish borasida maslahat berdi. Obamaning bu haqda BMT Bosh assambleyasida 20 sentyabrda aytgan so‘zlari Yahoo News tomonidan keltirilmoqda.
"Imperiyalar davri ortda qoldi, biroq Rossiya kuch bilan avvalgi mahobatini tiklashga urinmoqda. Rossiyaning o‘ziga qo‘shni davlatlar ishiga aralashuvi balki mamlakat ichida yaxshi qabul qilinar, balki millatchilik alangasini qo‘llab-quvvatlar, biroq vaqt o‘tgach, bu uning chegaralarini zaiflashtirib, xavfsizlik darajasini kamaytiradi", deb aytdi Obama.
G‘arb va dunyoning bir qator davlatlari Rossiyani Ukraina sharqidagi ixtilofga aralashuvda ayblamoqda. Bu erda mahalliy ayirmachilar Kievdan mustaqil ikkita respublika yaratishganini e’lon qilishgan. Moskva esa bu ixtilofga aloqadorligini qat’iyan inkor qilib keladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi