10:15 / 24.09.2016
6 736

Texas senatori saylovda Tramp uchun ovoz berishini ma’lum qildi

Texas senatori saylovda Tramp uchun ovoz berishini ma’lum qildi

Texas senatori Ted Kruz AQSh prezidentligi saylovida Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ovoz berishini ma’lum qildi. U bu haqda “feysbuk”dagi o‘z sahifasida ma’lum qilgan, deyiladi "Kun" nashrida.

«Uzoq muddat chuqur o‘ylovlar, ibodatlar va vijdonim bilan suhbatlarda shu qarorga keldimki, saylov kunida Respublikachilardan nomzod Donald Trampga ovoz beraman», — deb yozadi u.

Kruz o‘z qarorini ikki sabab bilan izohlaydi. Uning ta’kidlashicha, bir yil muqaddam Trampni qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan, ikkinchidan, u Hillari Klinton nomzodini munosib deb hisoblamaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Texas senatori saylovda Tramp uchun ovoz berishini ma’lum qildi