FQB direktori Jeyms Komining so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton davlat kotibi bo‘lib ishlagan vaqtlarda maxfiy ma’lumotlarga nisbatan "ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan", deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
AQSh Federal qidiruv byurosi "pochta ishi" bo‘yicha 189 sahifani oshkor qildi. Unga ko‘ra, Hillari Klintonning Rossiyaga safarlaridan birida, uning yordamchisi qoidalarga zid ravishda maxfiy ma’lumotlar bitilgan hujjatlarni Klintonning mehmonxonasiga olib keladi. Shundan so‘ng, Klinton va uning yordamchisi xonani tark etgach, diplomatik qo‘riqlash xizmati xodimlari davlat siriga oid hujjat qolib ketganini aniqlashadi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq davlat kotibi xizmatdalik vaqtida xususiy pochta serveridan foydalanganlikda ayblanadi. Bu nazariy jihatdan xizmat yozishmalarini jamoatchilikdan yashirgan bo‘lsa-da, aslida maxfiy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishiga imkon berar edi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda