00:17 / 26.09.2016
6 672

Bangladeshda oilalarga ikkitadan ko‘p mashinaga ega bo‘lish taqiqlanadi

Bangladeshda oilalarga ikkitadan ko‘p mashinaga ega bo‘lish taqiqlanadi

Bangladesh transport vazirligi mamlakatdagi barcha oilalarga ikkitadan ko‘p mashinaga ega bo‘lishni taqiqlaydi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.

Bunday qarorga sabab Bangladesh poytaxti Daqqadagi ko‘p kilometrlik tirbandliklar bo‘ldi. Ular mamlakatda jiddiy iqtisodiy va ekologik muammolar keltirib chiqarmoqda.

Oilalarga mashinalar miqdorini cheklash haqidagi qoida avtotransport haqidagi qonun loyihasiga kiritildi. Qoida yakuniy tasdiqlash uchun vazirlar mahkamasiga taqdim qilinadi, so‘ngra parlamentga muhokamaga olib chiqiladi.

Ta’kidlanishicha, Daqqa dunyoning eng gavjum shaharlaridan biri hisoblanib, unda mashinalar miqdorining oshishi sur’atlari butun mamlakatdagidan bir necha barobar ko‘proqni tashkil qiladi. O‘tgan yili mamlakatda 21 mingta yangi avtomobil ro‘yxatga olingan bo‘lsa, shundan 18,5 mingtasi Daqqaga to‘g‘ri kelgan.

Ta’kidlanishicha, aholining shaxsiy transportdan foydalanishiga jamoat transportining yomon ishlashi undamoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bangladeshda oilalarga ikkitadan ko‘p mashinaga ega bo‘lish taqiqlanadi