Turkiya Tashqi ishlar vaziri Bashar Asad rahbarligidagi Suriya hukumatini harbiy jinoyatlar sodir etishda aybladi. Bu haqda vazirlik saytida bildirilgan, deyiladi "Kun" nashrida.
"Biz keyingi kunlarda Suriyadagi tuzum hamda bu tuzum tarafdorlari tomonidan Halab va atrof hududlar bombardimon qilinishi, natijada 300dan ortiq kishi halok bo‘lib, minglab kishilar jarohatlanishini qattiq qoralaymiz", deyilgan xabarda.
Turkiya TIV tomonidan ta’kidlanishicha, Asad rejimi o‘z xalqini "shafqatsizlik bilan o‘ldirmoqda". Suriyaning hozirgi hukumati va tarafdorlari mamlakatdagi mavjud barqarorlikni hal qilish uchun siyosiy yo‘ldan yurish niyatida emasligi qayd etib o‘tilgan.
"Bu harakatlar nafaqat harbiy jinoyatlardir, balki bu insoniylikka qarshi jinoyat hamda xalqaro huquq tartiblariga zid hamdir", deya qo‘shimcha qilingan Turkiya TIV xabarida.
Bundan oldinroq, BMTning Suriya masalasi bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura Suriya armiyasi Halabga yurish boshlaganidan buyon o‘nlab ayollar va bolalar halok bo‘lgani haqida aytib o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi