11:45 / 07.10.2016
7 083

Nyu-Yorkdagi ko‘prikka Putinning portreti osib qo‘yildi

Nyu-Yorkdagi ko‘prikka Putinning portreti osib qo‘yildi

Noma’lum shaxslar tomonidan East River daryosi ustidan qurilgan Manxetten ko‘prigiga Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinning portreti osib qo‘yildi. Kattaligi taxminan 6 metrga 10 metr keladigan portret ostiga “Tinchlik o‘rnatuvchi shaxs” degan yozuv bitilgandi.

Bu banner ko‘prikda uzoq vaqt turmadi, polisiya vakillari uni echib olishgan. Endilikda huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ko‘prik va avtomobil yo‘llariga o‘rnatilgan kamera yozuvlari orqali bu ishni amalga oshirgan shaxslarn aniqlash bilan band. Bu orqali Putin portretini nima sababdan Nyu-York ko‘prigiga osilgani ham ma’lum bo‘ladi, deb xabar bermoqda "rbc.ru"

Ba’zi bir xorijiy OAVlar guvohlarning so‘zlariga tayanib, bannerni ikki noma’lum kishi osganini xulosa qilmoqda.

Shu o‘rinda qiziq bir ma’lumot. Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin bugun 64 yoshni qarshilamoqda. Bannerning osib qo‘yilishi prezidentning tavallud kuni bilan bog‘liq deb xulosa qilish noo‘rin, biroq bu fikr ham haqiqatdan yiroq bo‘lmasligi mumkin. Sababi shu yil 15 sentyabr kuni shunga o‘xshash voqea Moskva shahrida ham sodir bo‘lgan edi. Noma’lum kimsalar Novoarbat ko‘prigiga Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedevning portreti tushirilgan bannerni osib ketishgandi. Bannerda esa “Qisqasi, tug‘ilgan kuningiz bilan!” degan yozuv bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkdagi ko‘prikka Putinning portreti osib qo‘yildi