Meksikaning Koauila shtatida 600dan ko‘proq kishining qoldiqlari bor maxfiy mozor topildi. Bu haqda "Kun" nashri xabar berdi.
Qabriston San-Pedro munisipiya hududida o‘zining yo‘qolib qolgan yaqinlarini qidirish bilan shug‘ullangan bir guruh faollar tomonidan topilgan. Guruh etakchisi Silviya Ortis topilgan qoldiqlar ularni identifikasiya qilish uchun hukumatga topshirilganini aytdi. Hozircha ushbu holat bo‘yicha tergov boshlangani haqida ma’lumot berilmagan.
Koauila shtati mahalliy jinoiy guruhlarning narkotrafikni nazorat qilish uchun muntazam olib borgan qarama-qarshiliklari sababli uzoq vaqt xavfli shtatlardan biri bo‘lib kelgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shtat hududida 1,8 ming kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanadi. Oxirgi 5 yil ichida shtatda yashirin umumiy qabrlarda 455 kishining qoldiqlari topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi