19:15 / 09.10.2016
6 690

Efiopiyada favqulodda holat e’lon qilindi

Efiopiyada favqulodda holat e’lon qilindi

Efiopiya hukumati mamlakatda namoyishlar davom etayotgani munosabati bilan favqulodda holat tartibi joriy etilgani haqida e’lon qildi. Bu haqda "Kun" nashri xabar berdi.

«Favqulodd holat shuning uchun joriy etildiki, hozirgi vaziyat mamlakat aholisi uchun tahdid solmoqda», — degan Efiopiya bosh vaziri Xaylemariam Desalen.

Oktyabr oyi boshida Efiopiya muxolifati hukumatga qarshi uyushtirgan aksiya chog‘ida yuzaga kelgan tiqilinchlikda 100dan ortiq kishi halok bo‘lgandi.

Muxolifat vakillari polisiya namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llaganidan so‘ng odamlar tartibsiz chekina boshlagan, buning natijasida ko‘plar oyoq ostida qolib ketgani haqida ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Efiopiyada favqulodda holat e’lon qilindi