23:06 / 16.10.2016
9 182

Rossiya HDFdagi yagona harbiy kemasini Suriyaga yubordi

Rossiya HDFdagi yagona harbiy kemasini Suriyaga yubordi

Rossiya Federasiyasi Shimoliy dengiz floti tarkibidagi «Admiral Kuznesov» aviatashuvchi kemasini O‘rta er dengizining Suriya sohillariga safarbar etdi. Uni bir nechta jangovar qo‘riqchi kemalar kuzatib boradi. Bu haqda «Interfaks» ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

«Admiral Kuznesov kreyseri etakchiligidagi korabllar guruhi uzoq safarga chiqmoqda», — degan manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning yagona avianosesi mamlakat HDFning O‘rta er dengizidagi doimiy birikmasi tarkibiga borib qo‘shiladi.

Agentlikning qayd etishicha, ushbu safar 4-5 oy davom etadi. «Admiral Kuznesov»ning bortida eng yangi MiG-29KR va MiG-29KUBR qiruvchi hamda Su-33 samolyotlari bor. Bundan tashqari, kreyser uchun Ka-52K «Katran» (Ka-52 «Alligator»ning kema namunasi) jangovar vertolyotlari ham hozirlab qo‘yilgan.

Hozirda, O‘rta er dengizida Rossiyaning 10ga yaqin kemasi mavjud.

Avvalroq, harbiy ekspert, iste’fodagi general-polkovnik Leonid Ivashov «Interfaks»ga bergan intervyusida, Rossiya o‘zining yangi tarixida birinchi marta kemadagi aviasiyasidan mashg‘ulotlarda emas, jangovar holatda foydalanishini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya HDFdagi yagona harbiy kemasini Suriyaga yubordi