12:36 / 18.10.2016
9 559

Mast holatda bemorga tibbiy yordam ko‘rsatmagan shifokorlar ishdan bo‘shatildi

Mast holatda bemorga tibbiy yordam ko‘rsatmagan shifokorlar ishdan bo‘shatildi

Permda shifokorlar ish vaqtida mast holda bo‘lgani va saratonga chalingan bemorga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatmagani uchun ishdan haydaldi.

16 oktyabr, yakshanba kuni tunda tez yordam mashinasida Rossiyaning Perm shahri shifoxonalaridan biriga zudlik bilan bemorni keltiradi. Biroq to‘rt soatdan ortiq vaqt mobaynida bemorga xech qanday tibbiy yordam ko‘rsatilmadi. Hamshira bemorga osma ukol qo‘yishga urinib ko‘rgan, ammo buni eplolgan, deb xabar bermoqda “Qalampir.uz”.

Bemorning yaqinlari bildirgan fikrlarga ko‘ra, shifoxona xodimlari mast holda bo‘lgan va oyoqda zo‘rg‘a turgan. Bundan tashqari, shifokorlar bemor bilan muloqot qilishda odobsiz va kinoyali so‘zlar ishlatgan. Bu voqeani bemorning yaqinlaridan biri qo‘l telefonida tasvirga oldi.

Voqea yuzasidan tergov ishlari olib borildi. Shifokorlar mehnat intizomini buzishda ayblanib, bayonnoma tuzildi va ishdan bo‘shatildi. Bemordan esa uzr so‘raldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mast holatda bemorga tibbiy yordam ko‘rsatmagan shifokorlar ishdan bo‘shatildi