30 oktyabr kuni Rossiyaning Saratov viloyatida avtobus halokatga uchradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.
Sankt-Peterburgdan Toshkentga yo‘l olgan avtobus ichida 24 nafar yo‘lovchi bor edi. YTH oqibatida ulardan 16 nafari jarohat olib, zudlik bilan shifoxonaga etkazilgan.
Qalampir.uz sayti yozishicha, jarohat olganlarning 4 nafari hamon shifoxonada qolmoqda.
Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligining dastlabki ma’lumotlarida yo‘l-transport hodisasiga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgani tasdiqlangan.
Yo‘lni nam qor qoplagani sabab Yutong rusumli avtobus sirpana boshlagan, natijada yo‘l chetidagi to‘siqlarga borib urilgan va ag‘darilib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi