Suriyadagi mojarolar sabab Turkiyaga qochoqlar kelishni boshlaganidan buyon Turkiyada suriyalik qochoqlarning 170 ming nafar farzandi dunyoga keldi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti yozmoqda.
Turkiyaning Ofatlar va favqulodda vaziyatlarni nazorat qilish boshqarmasi (AFAD)ning ta’kidlashicha, bu holat, o‘z navbatida, mamlakat bo‘ylab onalik va bolalikni muxofaza qilishda homilador va emizikli qochoq ayollarni maxsus oziq-ovqat bilan ta’minlashni talab qiladi.
Turkiya Suriya qochoqlarining eng ko‘pi joylashgan mamlakat hisoblanadi. Shu kungacha Turkiyaga 3 milliondan ortiq suriyalik qochib o‘tgan. Ushbu davlat qochoqlar uchun 12 mlrd AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflagan.
Jahon hamjamiyatining bugungacha qilgan moliyaviy yordami 512 million AQSh dollarini tashkil qilmoqda.
Shuningdek, AFAD urush boshlanganidan buyon Suriyaga 520 mln AQSh dollariga teng gumanitar yordam yuborgan.
Suriyalik 82 ming nafar bola Turkiyadagi o‘z turar joylari hududidagi maktablarga qabul qilindi. Turkiya Ta’lim vazirligi va AFAD hamkorligida 310 ming nafar bog‘cha va o‘rta maktab tarbiyalanuvchilari ko‘chalardan yig‘ib olindi hamda ta’lim va tarbiya muassasalariga qabul qilindi.
115 ming suriyalik voyaga etgan yoshlar AFAD markazlarida tashkil etilgan turli sertifikatlar berish dasturidan foydalanib ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ko‘plab suriyalik ayollar qochoqlar lagerlarida boshqaruv vazifalarida ish olib bormoqda.
AFAD, shuningdek, qochoqlar orasida erta turmush qurish va ko‘pxotinlilikdan ogoh bo‘lishga qattiq kirishgan.
Mojarolar boshlanganidan buyon 400 ming nafar odam, jumladan, Suriyadagi tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. 13,5 mln nafar odam insonparvarlik yordamiga muhtoj bo‘lib qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi