10:30 / 09.11.2016
6 289

AQShda ovoz berish hisob-kitoblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinmoqda

AQShda ovoz berish hisob-kitoblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinmoqda

Nyu-Yorkning mashhur va diqqatga sazovor binosi bo‘lmish Empire State Building minorasi orqali AQShda o‘tgan saylov hisob-kitoblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinmoqda. “Washington Post” gazetasida keltirilishicha, 103 qavatli baland minoraning janubiy oynalari ulkan ekranga aylantirilgan.

Yangi ma’lumot etkazilishi bilan u ekranda namoyon bo‘ladi. Hajmi 32 qavatga teng ekranda Donald Tramp va Hillari Klintonning portretlari aks etgan animasiyalar, #MyVote xeshtegi orqali ijtimoiy tarmoqlarga yuklangan fotosuratlar ham namoyish etilmoqda.

Osmono‘par binoda translyasiya qilish g‘oyasini Obscura Digital kompaniyasi “CNN” telekanali, Instagram tarmog‘i hamda CA Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda.

Qo‘shma shtatlarning 45-prezidenti rasmiy ravishda e’lon qilinganidan so‘ng, uning surati Manxetten ko‘chalarini yanada yoritadi.

Aholi bunday imkoniyat yaratilganidan mamnun. Sababi saylov natijalari e’lon qilinishini barcha onlayn ravishda kuzatib borishi mumkin.

“CNN” telekanali Nyu-Yorkdan tashqari, boshqa shtatlarda ham ana shunday translyasiyani yo‘lga qo‘ygan. Empire State Building displeyi Kolumbiya, Vashington, Kaliforniyada namoyish etiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda ovoz berish hisob-kitoblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinmoqda