Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim AQShning yangi prezidenti – Donald Trampni g‘alaba bilan tabrikladi. Tabrik so‘zi bilan birga Yildirim Fathulloh Gulen masalasiga ham alohida urg‘u berib o‘tdi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Binali Yildirim terrorchi Fathulloh Gulenni mamlakatga qaytarib berishlarini so‘radi. Uning aytishicha, Gulenning harakati Vashington va Anqara munosabatlariga salbiy ta’sir etadi.
“AQSh tez orada Gulenni bizga topshirsa, aminmanki, AQSh va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning yangi sahifasi ochiladi”, deya Binali Yildirim o‘z so‘zini yakunlagan.
Avvalroq, Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi, qolaversa, Rajab Toyib Erdo‘g‘an rasmiy ravishda Fathulloh Gulenni qo‘lga olishni so‘rab, AQShga murojaat etgan.
Istanbul sudi esa Fathulloh Gulenni qo‘lga olish haqida allaqachon qaror chiqargan.
Xabaringiz bor, joriy yilning 15 iyul kuni Turkiyadadavlat to‘ntarishi uyushtirilgan edi. Tartibsizlik yuzlab kishilarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yuzaga kelgan vaziyatda Fathulloh Gulenning qo‘li borligini ma’lum qilgan. Hozirgacha Turkiya Respublikasi favqulodda vaziyat holatida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi