21:03 / 10.11.2016
6 967

Evropaga qish har yilgidan ko‘ra ancha erta keldi

Evropaga qish har yilgidan ko‘ra ancha erta keldi

Bu yil qish Evropa qit’asiga har doimigidan ko‘ra ancha erta kirib keldi, deya yozmoqda Sof.uz sayti.

Evropaning ko‘p joylarida qish allaqachon boshlangan. Sovuq shamol o‘zi bilan qor keltirib, janub sari esmoqda. Sovuq havo oqimi qutb girdobining pasayishi natijasi sifatida ko‘rilmoqda. Shimoliy qutb markazidagi past bosimli hududdagi quyunlar iliq havoni shimolga surib, savuq havo oqimining janub sari siljishiga olib kelgan.

Ispaniya va Fransiyaning Pireney tog‘lariga allaqachon qor tushgan. Kelayotgan uch kun ichida Alp tog‘larining shimoliy cho‘qqilariga kata miqdorda qor yog‘ishi kutilmoqda. Alp tog‘larida chang‘ida uchish mavsumi ancha erta boshlanmoqda. Shu bilan birga qor ko‘chkilari xavfi ham kutib turibdi.

Chorshanba kuni Buyuk Britaniyada yoqqan qor janubdagi tog‘ cho‘qqilarigacha etib borgani aytilmoqda. Belgiya, Gollandiya va Germaniyada ham qor yo‘gishi kutilmoqda.

Sharqiy Polsha, Belorus, Bosniya va Gersegovina va g‘arbiy Rossiyada yarim metrgacha qalinlikda qor yog‘ishi kutilmoqda. Shimoliy qutbdagi o‘zgarishlari kuzatayotgan olimlar kelayotgan haftalar davomida anchagina sovuq havo kutilayotganini ma’lum qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Evropaga qish har yilgidan ko‘ra ancha erta keldi