21:18 / 10.11.2016
8 288

Dunyo davlatlari rahbarlari Trampning g‘alabasini qanday qarshi olishdi?

Dunyo davlatlari rahbarlari Trampning g‘alabasini qanday qarshi olishdi?

AQShdagi 58 prezidentlik saylovlarining natijasi dunyoda har xil munosabatlar bilan kutib olindi, deya yozmoqda Sof.uz sayti.

Turli mamlakatlar rahbarlari va siyosatchilar allaqachon Donald Trampning g‘alabasi haqida o‘z fikrlarini bildirishga ulgurishgan. Avtoritar tuzum rahbarlari va o‘nglar partiyalari vakillari respublikachi nomzodning g‘alabasini olqishlashgan.

Siyosiy yoki harbiy sohada tajribaga ega bo‘lmagan prezident o‘z nutqida AQShning doimiy hamkorlari bo‘lgan mamlakatlar bilan o‘zaro, nizosiz siyosat yuritishga ishora bergan. Saylov kampaniyasi davomida Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan iliq fikrlar bildirgan edi. Rossiya prezidenti Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan birinchilardan bo‘lib tabriklagan. Rossiya-AQSh munosabatlari Ukraina va Suriya nizolari, Rossiyaning AQShga kiberhujumlar uyushtirshda ayblanishi ortidan ancha yomonlashgan edi.

Donald Trampning Eron bilan yadroviy bitimlarni qayta ko‘rib chiqish haqidagi fikrlari Eron rasmiy doiralarida ham aks-sado bergan. Eron Bosh vaziri Javod Zarif yangi prezidentni bitimga rioya qilishga chaqirgan bo‘lsa, prezident Hasan Ruhoniy saylov natijalari rasmiy Tehronning siyosati va yadroviy bitimga ta’sri etmasligini aytgan.

Isroil prezidenti Binyamin Netanyahu esa Tramp davrida o‘zaro hamkorlikda «yangi marralar»ga erishishga umid bildirgan. Tramp isroilning Falastindagi siyosatini qo‘llab-quvvatlaydigan prezident sifatida ko‘rilmoqda. Falastin prezidenti Mahmud Abbos ham Trampni g‘alaba bilan tabriklagan. Misr prezidenti Abdulfattoh Sisiy yangi prezidentning AQSh-Misr munosabatlariga yangi nafas olib kelishidan umidvor.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey «mavjud va o‘ziga xos aloqalar» beshikast davom etishiga ishonch bildirgan. Ammo Evropa davlatlari rahbarlarining hammasi ham saylov natijasini iliq kutib olishmagan. «Tramp – yangi avtoritar va shovinistik umumjahon harakatining kashfiyotchisi. U bizni sergaklantiryapti», – deb aytgan Germaniya vise-kansleri Zigmar Gabriel. Bir necha oy muqaddam Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkelni bir milliondan ortiq muhojirga boshpana bergani uchun «ahmoq» deb atagan edi.

Fransiya prezidenti Fransua Olland Donald Tarmpning xalqaro masalalarga munosabatini aniqlashtirish uchun zudlik bilan muzokaralar olib borishni xohlamoqda. Fransiyaning Milliy front patiyasi rahbarlaridan biri Florian Filippot saylov haqida fikr bildirar ekan, «Ularning dunyosi qulamoqda. Bizniki esa yangitdan barpo qilinmoqda», – deb aytgan.

Xitoy rahbarining tabriknomasi esa anchagina murosali ruhda yozilgan bo‘lib, ikki tomonlama munosabatlarni «nizo va adovatlarsiz, o‘zaro hurmat va manfaatli hamkorlik» asosiga qurishga umid bildirilgan.

Janubiy Koreya AQShning Shimoliy Koreyaga nisbatan hozirgi siyosati saqlanib qolishidan umidvor. Rasmiy Seul Trampning Shimoliy Koreyaga yangicha takliflar bilan chiqishidan xavotir bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo davlatlari rahbarlari Trampning g‘alabasini qanday qarshi olishdi?