Rossiyada polisiyaga pora berishga harakat qilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

  • 14 mart 2015, 13:22
  • 8 872
  • Dunyo
  • Rossiyada polisiyaga pora berishga harakat qilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

    Rossiyaning Volgograd viloyatida o‘z tanishini pul yordamida ma’muriy javobgarlikdan qutqarmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.
    Rossiya Tergov qo‘mitasi Volgograd viloyati bo‘yicha Tergov boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, 9 mart kuni Kotluban qishlog‘ida huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan Rossiya hududida ikki yil mobaynida noqonuniy ravishda istiqomat qilib kelgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Voqea joyiga boshqa o‘zbekistonlik etib kelib, polisiyachilarga pora evaziga uning tanishini qo‘yib yuborishni taklif qilgan. Uchastka noziri pora olishdan bosh tortganiga qaramay, ayblanuvchi bo‘sh sigareta qutisiga joylashtirilgan uch ming rublni unga berishga harakat qilgan. Shundan so‘ng u darhol polisiya operativ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya Federasiyasi Jinoyat Kodeksi 291-moddasi 3-bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rossiyada polisiyaga pora berishga harakat qilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi