17:59 / 14.11.2016
7 868

“Oltin burgut” poezdi O‘zbekistondan ham o‘tadi

“Oltin burgut” poezdi O‘zbekistondan ham o‘tadi

Moskva shahridan Eronga ilk marta “Oltin burgut” poezdi yo‘lga chiqdi. Lyuks klassdagi hashamdor poezd yo‘lovchilari ikki hafta mobaynida Turkmaniston, Qozog‘iston hamda O‘zbekiston orqali o‘tib ketadi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.

Poezd Qozon vokzalidan yo‘lga chiqqan. Yo‘lovchilari chet ellik sayyohlar bo‘lib, sayohat rejasiga ko‘ra, ular kunduz kuni ekskursiyaga chiqadi, kechqurun esa kupeda dam olishadi. Kupe sharoiti va muhiti mehmonxona kabi jihozlangan.

Dunyodagi eng qimmat poezd hisoblangan “Oltin burgut” poezdida sayyohlar bir tomon uchun chiptaga 20 ming evro sarflagan.

Har bir kupe ichida yotoqxona, yuvinish xonasi mavjud bo‘lib, sayohatchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Poezd 60 nafar yo‘lovchini o‘z ichiga sig‘dira oladi.

“Tabiat qo‘ynida sokin hordiq uchun juda qulay va shinam”, deya ta’rif bermoqda yo‘lovchilar. Sayyohlarning asosiy qisminining yoshi o‘rtacha 60 ni tashkil etadi.

O‘zbekistonga tashrif chog‘ida sayohatchilar Samarqand va Buxoro durdonalaridan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Oltin burgut” poezdi O‘zbekistondan ham o‘tadi