17:02 / 14.03.2015
7 622

Xakerlar BMT bosh kotibining Janubiy Koreya prezidenti bilan yozishmalarini internetga chiqarib yubordi

Xakerlar BMT bosh kotibining Janubiy Koreya prezidenti bilan yozishmalarini internetga chiqarib yubordi

O‘tgan yil oxirida Janubiy Koreya atom elektr stansiyalariga bog‘liq hujjatlarni internetga chiqarib yuborgan noma’lum xakerlar bus afar AESlar haqidagi ma’lumotlardan tashqari BMT bosh kotibining Janubiy Koreya prezidenti bilan yozishmalarini tarmoqqa chiqardi, deb xabar bermoqda «Rossiyskaya gazeta».

O‘zini «Mi Xek» deb atagan «Gavay aksilyadro guruhi» vakili Janubiy Koreya AESlarining asosiy qurollariga bog‘liq hujjatlarni, eng muhimi, Seul boshqa davlatlarga, jumladan, BAAga eksport qilishni rejalashtirayotgan eng yangi atom reaktorlari haqidagi ma’lumotlarning bir qismini tarmoqqa chiqargan. Xakerlar agar aytilgan pul berilmasa, to‘liq ma’lumotlarni boshqa davlatlarga sotishini ma’lum qilgan.

Pan Gi Mun va Pak Kin Xe o‘rtasidagi yozishma esa 2015 yil 1 yanvar sanasiga tegishli bo‘lib, rasmiy diplomatik xarakterga ega. Bu soxta maktub ekanligi taxmin qilinmoqda, biroq Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati matbuot kotibi bunga izoh berishdan bosh tortib, shubhalarni ko‘paytirgan.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xakerlar BMT bosh kotibining Janubiy Koreya prezidenti bilan yozishmalarini internetga chiqarib yubordi