13:53 / 18.11.2016
7 554

Nyu Yorklik qiz Zara savdo markasini yangi kiyim ichidan chiqqan o‘lik sichqon uchun sudga berdi

Nyu Yorklik qiz Zara savdo markasini yangi kiyim ichidan chiqqan o‘lik sichqon uchun sudga berdi

Sevimli Zara savdo markasining yangi kolleksiyasining qimmatbaho ko‘ylakni sotib olgan qiz bu «kutilmagan sovg‘a» dan hangu-mang bo‘lib qoldi.

Aytish kerakki, 24 — yoshli Keyli Fizel ko‘ylakni darrov kiymagan. Bir oy o‘tibgina u ko‘ylakni ishga kiyishga qaror qildi. Offisga borgachgina uni yoqimsiz hid ta’qib etayotganini sezib qolgan. Bu hid kimdan anqiyotganini u hatto xayol ham qilmagandi.

Ish kuni tugagach ko‘ylakning ichki tarafiga e’tibor qaratdi. Avvaliga bu shunchaki tikish jarayonidagi oddiy ip deb o‘yladi, ammo keyin u bu ipning sichqon qo‘llari kabi shaklga egaligi hayratga soldi. Uzoq o‘ylab o‘tirmay Keyli savdo uyini sudga berdi. Natijasini kutib qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, Zara dunyoning turli davlatlarida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan mashhur savdo brendi.

Bu hodisani atay raqobatchilar uyushtirishgan bo‘lishi ham mumkin. Yana kim bilsin?

Ziyoda Ziyaeva tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu Yorklik qiz Zara savdo markasini yangi kiyim ichidan chiqqan o‘lik sichqon uchun sudga berdi