Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildiki, Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish — mamlakat uchun yagona variant emas. U Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lishni muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda Turkiyadagi Sabah nashri xabar bergan.
Erdo‘g‘an O‘zbekistondan qaytib borgach, mahalliy jurnalistlarning savollariga javob qaytarish chog‘ida shu haqda gapirgan. U Turkiya uzoq yillar davomida Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun besamar urinib kelayotganini qayd etgan.
«Evropada Brexit hodisasidan keyin yana shunday hodisalar takrorlanishi mumkin. Shunday fikrlar Fransiya va Italiyada yangramoqda. Bunday holatda Turkiya o‘zini xotirjam tutishi kerak. EI a’zosi bo‘lishni Turkiya uchun yagona imkoniyat sifatida qaramaslik kerak. Men aytaman, Turkiya nega "Shanxay beshligi"da o‘rin egallamasligi kerak?», — degan Erdo‘g‘an..
Erdo‘g‘an ShHTga a’zo bo‘lish masalasini Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan muhokama etganligi to‘g‘risida aytib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi