16:55 / 20.11.2016
8 277

Donald Tramp uni tanqid qilgan siyosatchiga AQSh davlat kotibi lavozimini taklif qilmoqchi

Donald Tramp uni tanqid qilgan siyosatchiga AQSh davlat kotibi lavozimini taklif qilmoqchi

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp uni ko‘plab marotaba tanqid qilgan siyosatchi Mitt Romni bilan uchrashadi.

Saylovoldi kampaniyasi vaqtida Romni Trampni "qallob" va "bir kunlik kimsa" deb atagan. Tramp esa Romnining 2012 yildagi prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatini "har qachongidan ham yomonroq" bo‘lganini aytib kelgan.

Biroq OAVda Tramp uchrashuv vaqtida aynan Romniga AQSh davlat kotibi lavozimini taklif qilmoqchiligi haqida gaplar yuribdi.

Ayni vaqtda Tramp o‘z ma’muriyatini shakllantirmoqda. Tramp AQSh bosh prokurori lavozimini Alabamadan senator Jeff Seshnsga taklif qildi. Tramp o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi etib esa iste’fodagi general-leytenant Maykl Flinni tayinlamoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp uni tanqid qilgan siyosatchiga AQSh davlat kotibi lavozimini taklif qilmoqchi