Buyuk Britaniya hukumati AQShning yangi saylangan prezidentini keyingi yilning yozida davlat tashrifi bilan kelishga taklif etmoqchi.
The Sunday Times nashrining yozishicha, qirolicha Elizaveta II AQShning yangi prezidenti bilan uchrashuvda bu mamlakat bilan Buyuk Britaniyaning aloqalarini mustahkamlashi kerak bo‘ladi.
Xabar qilinishicha, 20 yanvardan keyin, Tramp qasamyod qilib, o‘z vazifasiga kirishgandan keyin bu borada rasmiy taklif bilan chiqiladi.
Nashr manbalaridan birining ma’lumotiga ko‘ra, qirolicha bilan uchrashuv hukumat uchun Tramp bilan aloqalarni yaxshilashda «maxfiy qurol» vositasini o‘taydi.
Qayd etilishicha, bosh vazir Tereza Mey saylovdan keyin Tramp bilan qo‘ng‘iroqlashganida, unga uning onasi — shotland bo‘lgani, u qirolichaning katta muxlisi bo‘lgani haqida eslatgan. Bundan tashqari, Tramp Mey orqali Elizaveta ikkinchiga salom yo‘llagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?