Fox News: IShID etakchisi vasvasaga tushib xudkush kamari taqqancha uxlamoqda

  • 20 noyabr 2016, 20:00
  • 5 711
  • Dunyo
  • Fox News: IShID etakchisi vasvasaga tushib xudkush kamari taqqancha uxlamoqda

    IShID etakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan iroqlik harbiylar borgan sari Mo‘sulga yaqinlashib kelayotgani tufayli o‘zini shunchalik noxavfsiz his qila boshlaganki, er osti tunnellarini tark etishni istamayapti va xudkush kamarisiz uxlamayapti, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.

    Iroqliq harbiylar Mo‘sul ichidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda al-Bag‘dodiy esankirab qolgani va borgan sari ko‘proq vasvasa alomatlarini namoyon qilayotganini ma’lum qilmoqdalar.

    Ta’kidlanishicha, IShID etakchisi "hech qaerga chiqmay, odamlarga ko‘rinish bermay qo‘ygan". Manbaning ma’lum qilishicha, al-Bag‘dodiy "er ostida yashamoqda va u turli hududlarga ketuvchi tunnellarga ega".

    "U qo‘lga olinganda faollashtira olishi uchun o‘zining xudkush kamarisiz uxlamaydi", deb qo‘shimcha qildi manba.

    Avvalroq al-Bag‘dodiy Mo‘sulni tark etgan bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

    Shu bilan birga al-Bag‘dodiy Mo‘sulda qolayotgan jangarilarni iroqlik harbiylarga qarshilik ko‘rsatishga chaqirgan audioyozuv paydo bo‘ldi. Bu audioyozuv al-Bag‘dodiyning Mo‘sulni ozod qilish operasiyasi boshlangandan keyingi ilk bayonoti bo‘ldi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Fox News: IShID etakchisi vasvasaga tushib xudkush kamari taqqancha uxlamoqda