15:58 / 21.11.2016
6 870

AQShning yangi Prezidenti pokistonlik?!

AQShning yangi Prezidenti pokistonlik?!

Pokistonda Donald Trampni tasodifan AQShga kelib qolgan o‘zlarining vatandoshi ekaniga ishonuvchilar ko‘payib bormoqda, deb xabar tarqatmoqda Mulohaza.uz.

Pokistonning Neo News telekanali telsyujetidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Nyu-Yorkda emas, balki Afg‘oniston chegarasidagi Shimoliy Vaziristonning Shaval vodiysida tug‘ilgan bo‘lib, asl ismi Dovud Ibrohim Xon (Dawood Ibrahim Khan) emish.

Kichkina Xonning yoshligi Pokistonda o‘tgan va u ota-onasi avtomobil avariyasida halok bo‘lgunlaricha, diniy maktabda o‘qigan ekan. Kanal xabariga ko‘ra, etim qolgan bolakayni Britaniya armiyasi zobiti Londonga olib ketadi. Londondan esa AQShga kelib qoladi. Bu erda esa uni Tramplar oilasi asrab olishganmish.

Telekanal o‘zlarining gaplariga isbot o‘laroq internetdan olingan va Trampga o‘xshab ketadigan sariq sochli pushtun bolaning rasmini ilova qilishgan. Syujetda yana aytilishicha, pokistonlik qarindoshlar ham topilgan va DNK namunalari ham olinganmish, xatto Tramp-Xonning tug‘ilganlik haqidagi shahodatnomalari ham topilganmish, deb xabar qildi islamnews.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShning yangi Prezidenti pokistonlik?!