00:23 / 22.11.2016
8 361

Tojikiston prezidenti kuni – shaxsga sig‘inish uchun yana bir qadam

Tojikiston prezidenti kuni – shaxsga sig‘inish uchun yana bir qadam

Tojikistonda Prezident shaxsini o‘rganish, unga atab tadbirlar o‘tkazilishi ayrim jurnalistlar tomonidan qoralandi. Bu haqda mazkur mamlakat nashrlariga asoslangan holda telegraf.uz xabar bermoqda.
“Tojikiston prezidenti kuni – shaxsga sig‘inish uchun yana bir qadam” nomli tahliliy maqolada ta’kidlanishicha, TR bayram kunlariga oid qonunga kiritilgan o‘zgarishlardan so‘ng, 16 noyabr kuni Tojikistonda ilk bora “Prezident kuni” nishonlandi.

Hukumat hokimiyatning eng tepa cho‘qqisiga kelgan oddiy fuqaroning misli ko‘rilmagan mavaffaqiyatini o‘rganish yosh avlod uchun birinchi navbatda tarbiyaviy vazifani o‘z ichiga qamrab olgan, deb o‘ylamoqda, biroq tanqidchilar mazkur tadbir I.Rahmon shaxsiga sig‘inish uchun bo‘lgan kampaniyaning bir qismi xolos, degan fikrni ilgari surishgan.
Xatlon viloyatida ushbu tantanaga tayyorgarlik ko‘rish doirasida I.Rahmon tahsil olgan ikki o‘quv muassasasiga sayr uyushtirish, shuningdek, “Prezident — bolalar nigohida” kabi eng yaxshi surat uchun tanlov o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shunga qaramay, qator ekspertlar mazkur tashabbusga tanqidiy baho berishgan. Tojik jurnalisti A.Abduvahhobning fikricha, “bu erda hukumatning laganbardorligi yaqqol namoyon bo‘lgan”. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu kabi sayrlar “bir zumda majburiy bo‘lib qolish ehtimoli bor. Shu kabi tajriba Qozog‘iston hamda Belarus davlatlarida joriy qilingan”.
Yana bir boshqa analitikning fikricha, “sovetlar davrida ham dunyo proletariati hamda sovetlar davlati asoschisi V.Leninning hayot yo‘llari o‘rganilgan davrda shu kabi yo‘nalishdan borilgan”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston prezidenti kuni – shaxsga sig‘inish uchun yana bir qadam