09:16 / 22.11.2016
8 028

Rossiyada xorijiy ishchilarni kamaytirish taklifi bildirilmoqda

Rossiyada xorijiy ishchilarni kamaytirish taklifi bildirilmoqda

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Olga Golodes Rossiyaning muammoli hududlarida xorijiy ishchilar ulushi qisqartirilishini qo‘llab-quvvatlamoqda, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.

Uning aytishicha, Rossiya mehnat bozoriga muhojirlarning kelishi ijtimoiy va davlat tomondan yo‘qotishlar – mehnatning arzonlashishi va Rossiyadan kapitalning olib chiqishiga olib keladi, chunki gastarbayterlar topgan pullarini vatanlarida sarflaydilar.

"Bu bizning byudjetimizga qo‘shimcha ijtimoiy yuklamadir, chunki muhojirlar bizning tibbiyot muassasalarimiz va ta’limdan foydalanadilar. Biz barcha plyus va minuslarni taqqoslaganimizda, natijada biz oladigan ijtimoiy yuklama ular bizning iqtisodiyotga qo‘shayotgan hissaga mos kelmaydi", deb aytdi Golodes.

Uning aytishicha, bu jiddiy disbalansga olib keladi, chunki foydani ish beruvchi oladi, jamiyat esa bunga haq to‘laydi.

"Shuning uchun mehnat bozorida muammolar mavjud bo‘lgan hududlarda sekin-asta xorijiy ishchilarni kamaytirish – bu bizning siyosatdir va biz bunga ertami-kechmi kelamiz, biroq ish beruvchilar doimo mehnat bozorida etarlicha ishchi kuchi yo‘qligini ta’kidlab keladilar", deb aytdi Golodes.

Ayni vaqtda Rossiyada xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida mehnat muhojirlarini qabul qilishda cheklovlar joriy qilingan dastur amal qiladi. Golodesning aytishicha, ba’zi tarmoqlarda 10 foiz va undan ko‘proq darajada mehnat muhojirlarini ishga qabul qilishga ruxsat berilsa, boshqalarida esa bu ko‘rsatkich ancha katta qiymatni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada xorijiy ishchilarni kamaytirish taklifi bildirilmoqda